• 18 ta ko'rildi

Yevropa Ittifoqi Rossiya neftining maksimal narxini 60 dollar etib belgilashga kelishib oldi

G7 mamlakatlari va Avstraliya Rossiya neftining eng yuqori narxini bir barreli uchun 60 AQSH dollar qilib belgilash bo‘yicha bir qarorga keldi, deyiladi koalitsiya tarqatgan bayonotda.

"Katta yettilik” mamlakatlari hamda koalitsiyasining kelgusi a’zosi Avstraliya birgalikda 2022 yil 2 dekabrda Rossiya neftining eng yuqori narxini bir barreli uchun 60 AQSH dollari etib belgilashda yakdil fikrga kelishdi", — deyiladi koalitsiya tarqatgan matbuot xabarnomasida. 

Hujjatda ta’kidlanishicha, dengiz yo‘li orqali tashilayotgan neftga joriy qilingan narx 5 dekabrdan yoki shu sanadan keyin kuchga kiradi, neft mahsulotlari uchun esa yangi tartib 2023 yil 5 fevraldan boshlanadi. 

"Biz Rossiyaning neft mahsulotlariga eng yuqori narxni alohida e’lon qilamiz", — deyiladi G7 va Avstraliya tarqatgan bayonotda. 

Shuningdek, G7 va Avstraliya kelgusida Rossiyaning neft mahsulotlaridan foydalanmasligini ham ta’kidlagan.  

“Katta yettilik” mamlakatlari koalitsiyaga kirmagan Rossiya neftini import qiluvchi mamlakatlarni embargoga qo‘shilishga chaqirgan. Ularning fikricha, "bu ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti manfaatlariga javob beradi". Hozirda Rossiya neftiga eng yirik xaridorlar Hindiston, Xitoy va Turkiya hisoblanadi. 

Prezident Vladimir Putin g‘arb davlatlarining ushbu tashabbusiga izoh berar ekan, Rossiya ziyon ko‘radigan bo‘lsa, hech kimga hech narsa sotmaydi, degan edi.