
Xitoyning so'nggi ogohlantirishi
Bu mashxur iboraning kelib chiqish tarixi 1960-1970-yillarga to'g'ri keladi. O'sha vaqtda, "Tayvan masalasi" Qo'shma shtatlar va Xitoy o'rtasidagi asosiy muhokama mavzusi bo'lib, ikki davlat munosabatlari nihoyatda keskinlashgan edi.
Amerikaliklarni Xitoy hukumati agar ular davlat chegaralarini buzsa, harbiy javob qaytarilishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantiradi. Ammo, AQSH armiyasining havo kuchlari muntazam ravishda Tayvanga tashrif buyurib, atrofdagi hududlarda razvedka ishlarini olib boradi.
Xitoyliklar havo hududining navbatdagi buzilishini to'xtatib, amerikaliklarga "So'nggi" ogohlantirishni yuborishadi. Shunday keyin mashxur "Xitoyning so'ngi ogohlantirishi" deb nomlanuvchi ibora paydo bo'ladi.
siyosat