• 42 ta ko'rildi

​​Xayr, Sinisha

Haqiqiy futbol fidoyisi, mohir futbolchi va o‘ziga xos murabbiy Sinisha Mixaylovich saraton tufayli vafot etdi. Bu og‘ir xastalikka qarshi jangning birinchi bosqichida serbning qo‘li baland kelgandi, biroq takroriy zarbaga dosh bera olmadi.


Quyida qisqacha uning ko‘pchilik bilmagan xislati haqida gaplashamiz. Xabaringiz bormi, yo‘qmi, Sinisha Totti, Romanyoli va Donnarummaning porlashida o‘zining katta hissasini qo‘shgan.


• 1993-yili Sinisha “Roma”da o‘ynardi va klub akademiyasiga ko‘p borib turardi. Futbolchi Frencheskoning yorqin o‘yiniga e’tibor qaratadi va o‘sha vaqtdagi rimliklar murabbiy Boshkovdan Tottini asosiyga jalb qilishni so‘raydi. Mavsumning so‘nggi o‘yinlaridan birida hisob ham “Roma” foydasiga ketayotgan vaqtda murabbiydan Tottini tushurishni so‘raydi. Shundan keyingi 25 yilda Totti “Roma” ramziga aylanadi.


• 2015-yilda “Milan” boshqaruviga kelgan Mixaylovich “Roma”dan 25 mln yevro evaziga Romanyolini sotib olishni so‘raydi. Berluskoni bunga shubha bilan qaraydi. Sinisha prezidentga shart qo‘yadi: “Uni sotib olamiz, ikki yildan keyin sotamiz. Agar o‘z pulini oqlamasa men kompensatsiya to‘layman, yuqori narxga ketsa, pulni bo‘lishamiz”. Berluskoni Allesioni sotib oladi, biroq garovga rozi bo‘lmaydi. Bir yil o‘tib “Chelsi” futbolchi uchun 40 mln yevro taklif qiladi, ammo Romanyoli klubda qolishni ma’qul ko‘radi.