
Vinisius “Nike” bilan uzoq yillik shartnomasini bekor qilmoqchi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi va Braziliya terma jamoasi a’zosi Vinisius Junior AQShning “Nike” kompaniyasining unga munosabatidan norozi va shartnomani bekor qilmoqchi.
Vinisius kompaniya unga yetarlicha baho bermayapti deb hisoblamoqda, shu sababli 22 yoshli futbolchi “Nike” bilan 2028-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomani bekor qilmoqchi. Futbolchining e’tiroziga asosiy sabab, Jahon Chempionati uchun “Nike” tomonidan tayyorlangan reklama roligi bo‘ldi. “Nike” Braziliyaning texnik hamkori hisoblanadi va JCH-2022 uchun ular asosiy e’tiborni Rodrigo va Risharlisonga qaratdi.
"Tottenhem” forvardi “Nike”ning JCH-2022 uchun yangi liboslar taqdimotida asosiy yuzga aylandi. Vinisius Mundialda yangi kolleksiyadan foydalanmasdan, avvalgi kolleksiyaga tegishli bo‘lgan Mercurial butsalarida to‘p surmoqda.
Ma’lumot uchun, “Nike” braziliyalik futbolchi bilan 9 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.
Vinisius Nike