• 96 ta ko'rildi

Vebdasturlash nima?

Vebdasturlash : siz ayni damda oʻqiyotgan maqolangizni ham internetdan izlab topdingiz. Vebdasturlash orqali esa vebsaytlar yaratiladi. Vebsayt bu foydalanuvchiga biror bir maʼlumot manbasi sifatida xizmat qiladi. Google, Facebook yoki Yandex ham vebsayt hisoblanadi. Internetga kirish imkoni boʻlgan har bir odam albatta eng koʻp tashrif buyuradigan narsa bu vebsaytlardir. Misol uchun YouTube. Bu ham bir vebsayt. Ha, vebsaytlarni hamma ham yarata olmaydi. Vesaytlarni dasturchilar yaratadi. Shu turdagi dasturchilarni esa vebdasturchi deb atashadi.

Uni yaratish haqida hozir qisqacha bilib olamiz.

Vebdasturlash 2 ta boʻlimga boʻlinadi.

1. FrontEnd - bu vebsaytning dizayni yaʼni, foydalanuvchiga koʻrinadigan qismi. FrontEnd dasturchi boʻlish uchun HTML, CSS va JavaScriptni bilish kerak. JavaScriptning alternetiviga oʻhshash yani, freymvorki deyiladi. React JS, Angular JS yoki NodeJS larni bilish esa sizni yanada tezroq choʻqqiga olib chiqishi mumkin.

2. BeckEnd - bu esa saytning foydalanuvchiga koʻrinmaydigan orqa qismi. Bu orqali sayt ishlashini optimallashtirish, sayt egasiga esa qulaylik keltirish mumkin. Misol uchun saytdagi roʻyxatdan oʻtish formasi. Siz kirasiz va sizga login yoz, parol yoz degan yozuvlar koʻrinadi, oʻziga hos dizaynda, buni esa biz FrontEnd dedik. Maʼlumotlarni toʻldirib yuborganingizda oʻzida saqlab qolishga javob beruvchi qism esa BeckEnd. BeckEnd dasturchi boʻlish uchun PHP, Python, NodeJS va albatta MySQL ni bilish tavsiya etiladi.

Yuqoridagi ikki yoʻnalishni barchasini biladiganlar FullStack dasturchilar deb ataladi. Ularning darajasi ham yuqoriroq boʻladi


dasturlash vebdasturlash