• 50 ta ko'rildi

Toshkent metrosi

1977-yil 7-noyabrdan boshlab, Toshkent metrosida poyezdlar qat'iy jadval asosida harakatlanishni boshlagan.


Toshkent metrosining qurilishi 1971-1972 yillarda boshlanib, 1977-yilda birinchi yo‘nalish – “Chilonzor” ishga tushiriladi. Uzunligi 12,2 kilometrli, bekatlari soni 9 ta bo‘lgan mazkur liniyaning ochilishi o‘sha davr shahar aholisi uchun katta yangilik edi.


Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan asrning 80-yillarida Toshkent aholisi 1,5 million kishidan oshgan, shaharda transport muammosi paydo bo‘lgandi. Markaziy Osiyoda birinchi bor poytaxtimizda qurilgan metropolitenning “Chilonzor” yo‘li ana shu muammo yechimlaridan biri bo‘lgan va yirik tumanni shahar markazi bilan bog‘lagan.


Oradan ko‘p o‘tmay (1980-yilda) ushbu yo‘nalishning ikkinchi bosqichi ham foydalanishga topshirilgan.

1984-yilda metroda navbatdagi yangi yo‘nalish – “O‘zbekiston” ochilgan. Uning ikkinchi qismi esa 1992-yildan to‘liq ishga tushirilgan.



Metro tashkent