Targeting - ijtimoiy tarmoqlarga reklama berish va reklama orqali mijozlarni jalb qilishdir. Bu soha vakillari targetologlar deyiladi.
Targetologlar - ijtimoiy tarmoqlarda pulli reklamalarni yoqib, obunachilar, layk va kommentariyalar, eng asosiysi, murojaatlar sonini oshirishi lozim.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib turganingizda sizga koʻrsatiladigan reklamalar shu soha vakillari tomonidan joylashtiriladi. Ular reklamani qachon, qancha miqdordagi, necha yoshdagi, qaysi joylashuvdagi kishilarga qancha vaqt mobaynida koʻrsatishni tahlil qilib ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni yoqadi.
Masalan quyida instagram tarmog'ida qo'yilgan reklamani ko'rishingiz mumkin. Bu reklamalarni (sponsored) degan yozuvi orqali bilib olishingiz mumkin.

Hozirda Oʻzbekistonda bu soha vakillariga talab yuqori.