• 34 ta ko'rildi

Superkompyuter Qatardagi Jahon chempionati finalida qaysi terma jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi

Yevropaning taniqli “Five Thirty Eight” superkompyuteri 2022-yilgi Jahon chempionati gʻolibini taxmin qildi.

Unga koʻra, Argentina turnirning final bahsida gʻalaba qozonadi. Messi jamoasining imkoniyatlari 53%, Fransiyaniki esa 47% deb baholanmoqda.

3-oʻrin uchun oʻyinda esa superkompyuterga koʻra, Xorvatiya terma jamoasi gʻalaba qozonadi, unga 53% ustunlik berilgan. Marokashning imkoniyatlari esa 47 foizga baholanmoqda.

3-oʻrin uchun bellashuv bugun, 17-dekabrga belgilangan, final oʻyini 18-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.