• 80 ta ko'rildi

SSSRning ilk xavfsizlik xizmati hisoblanuvchi VCHKning dahshatli qiynoq usullari haqida

Sobiq sovet respublikalari maxsus xitmatlari “otasi” boʻlmish VCHK (Vserossiyskaya chrezvыchaynaya komissiya)ning jazo va qiynoq choralari juda dahshatliligi bilan insoniyat tarixida qolgan. Cheka xodimlar SSSRda 1918-1922-yillarda ӯtkazilgan “qizil terror”ning asosiy vositasi boʻlib, minglab insonlar yostigʻini quritgan.

Chekistlarning eng dahshatli qiynoq usullaridan biri qahraton qishda aybdorni yalongʻoch holatda koʻchaga olib chiqib, toki u tiriklayin muzlab qolguniga qadar ustidan sovuq suv quyish edi. Yana bir usulda kalamush bilan toʻldirilgan qafas aybdor tanasiga yopishtiriladi va qafasni isitila boshlanadi. Qafas isiy borgan sari jon talvasasidagi kalamushlar yagona najot bӯlgan odam tanasini teshib oʻtadi. Bunday dahshatli usulni aynan Cheka xodimlari oʻylab topgandi.

Bazi hudularda VCHK qurbonlari qoʻllari terisi shilinib tushgunga qadar qaynoq suvda qaynatilgan. Shafqat nimaligini bilmagan chekistlar hatto qurbonlar boshini tasma bilan qisib, bosh suyaklarni ezib sindirishgan.

VCHK 1922-yili tugatiladi, toʻgʻrirogʻi nomi oʻzgartiriladi. VCHKdek vakolat ega bӯlmagan va shafqatsiz qiynoq usullarini qoʻllamagan boʻlsa-da, keyingi sovet xavfsizlik tashkilotlari ham, xususan KGB Cheka uslubida ish yuritgan. KGBning boʻlimlari boʻlgan bugungi kundagi postsovet xavfsizlik xizmatlari ham, aynan VCHK davomchilari hisoblanadi.

Masalan har yili 20-dekabr kuni, yaʼni VCHK tashkil etilgan kunda Vladimir Putin sobiq sovet davlatlari rahbarlarini Moskvaga yigʻadi. Rossiya maxsus xizmatlari ham VCHK tashkil etilgan kunni bayram sifatida nishonlaydi. Vaholanki rus maxsus xizmatlari tarixi ancha oldinroq tashkil etilgan oq podsho maxsus xizmati — Oxrana bilan boshlanadi. Ammo rus xizmatlari aynan VCHK tashkil etilgan kunni ularning tarixi boshlanish nuqtasi deb biladi.

Xullas shunaqa gaplar. Sobiq SSSRni maqtaydiganlar bu tuzum aslida nimalar evaziga barpo qilinganini bilishmaydi.