• 19 ta ko'rildi

So‘nggi daqiqalari “yongan” C guruhida Argentina peshqadam, Polsha esa 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘llanma oldi

Futbol bo‘yicha Qatarda davom etayotgan Jahon Chempionati 3-turida C guruhining ikki o‘yini o‘tkazildi.


Bahslarning birida Argentina va Polsha o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida Argentina katta ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Lionel Messi o‘zi ishlagan penaltini golga aylantira olmadi — Ochoadan superseyv. Ikkinchi bo‘limni esa Janubiy Amerika vakillari gol bilan boshladi. Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Xulian Alvares argentinaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida esa Saudiya Arabistoni Meksikaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Genri Martin meksikaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 52-daqiqada esa Luis Chaves hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. O‘yin yakunida esa al-Dovsari saudiyaliklar safida gol muallifiga aylandi. Yakunda 2:1 hisobida Meksika g‘alaba qozondi.


Shu tariqa C guruhida Argentina 6 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Polsha 4 ochko jamg‘ardi va 2-o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi. Meksikada ham 4 ochko, biroq jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra Polshadan ortda qoldi. Saudiya Arabistoni 3 ochko bilan guruh autsayderiga aylandi.


messi FUTBOL JCH-2022 Argentina