
Sizni nima harakatga keltiradi
Ha men bu savolni ikki yild an beri o'zimga berib kelaman. "Seni nima harakatlantiradi, nimaga Sen bu ishi har kuni qilishing kerak".Albatta bu yerda gap inson uchun foydali bo'lgan mashg'ultlar haqida ketiyapdi. Kitob o'qish, sport bilan shug'ullanish, yomon illatlardan qutulish uchun kurash shular jumlasidandir. Xo'sh men bularni har kuni taktorlash uchun nima qilishing kerak? Keling kitob o'qishdan boshlaymiz, meni fikrimcha inson kitobni turli sabablarga ko'ra o'qiydi. Kimdur imtixonga tayyorlanib, kimdir kitobga muhabbat qo'ygani uchun. Men esa qidirgan narsamni topish uchun kitob o'qirdim. Meni shu paytgacha eng tasirlantirgan kitob Chingiz Aytmatovning "Asrga tatiguvlik kun" romani. Balki bu kitobda men o'zimga o'xshagan taqdirlarni ko'rganim uchun yoqqandir. Balkiy. Hozirda kitob o'qimayapman, bilmadim balkiy dangasalikdur, balkiy vaqt masalasidur , balkiy men kerak lik kitobni qidirayotgandirman. Ochig'i bilmadim, bu masalaga keyin to'xtalamiz. Endi sportga kelsak nimaga men har kuni shug'ullanishim kerak. Men sportchi emasman,hech Kim menga va qarindoshlarimga nohaqlik qilayotgani yo'q. Bular meni ich-ichimdan orqaga tortadi. Aslida nohaqlik qilishgan ko'p yillar oldin, o'shanda men yosh va o'ziga ishonmaydigan bola edim. Shularni eslab keyinchalik qilshsachi degan hayol keladi va bu meni oldinga undaydi lekin har kuni emas. Sport menga ko'p narsa berdi, bularning eng yaxshisi ishonish hissi deb bilaman. Har bir insoning o'zi yomon ko'radigan odati bo'ladi. Uni qanchalik yomon ko'rmasin lekin baribir takrorlaydi. Men bu odatni yo'qotish xususida ko'pchilikni gapini eshitdim va xulosa shu bo'ldikiy. Men o'zimga yoqqan va foydali bo'lgan mashg'ultlar bilan shug'ullanishim kerak, ochig'ini aytganda bo'sh vaqt bo'lmasligi kerak. Meni hozirgi vaziyatim bularni taminlab bera olmaydi, lekin men kurashiyapman har kuni, god mag'lub bo'laman, gox g'olib. Qisqa qilib aytganda o'zimga qarshi kurash 50=50, lekin men aniq bilaman men bu kurashni o'z foydamga hal qilishim mumkum ,buning uchun menga nima kerakligini bilaman va shu uchun kurashayapman. Sizni kurashish harakatga keltirsin. Esingizda tuting "mag'lubiyat siz to'xtagan kundan boshlanadi"
Kurash