• 70 ta ko'rildi

#sessiya_haqida

​📌 Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib,shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...


📌 Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi


📌 Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...


📌 Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varaqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...


📌 Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...


📌 Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...


📌 Sessiya bu - 12 varaqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...


📌 Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...


📌 Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...


📌 Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...


📌 Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...


#hazil