
Samuel Eto'O JCh bahsidan so‘ng, stadion tashqarisida u bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan blogerning yuziga tepdi (video)
Kamerun futbol federatsiyasi rahbari Samyuel Eto’O Qatardagi stadion yaqinida blogerning yuziga oyog‘i bilan tepgani ma’lum bo‘ldi.
Braziliya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi bahsdan so‘ng (4:1), Eto’O va yosh yigit o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. 41 yoshli kamerunlik stadionni tark etayotganda muxlislar u bilan suratga tushish uchun yoniga kela boshladi. Ularning orasida kamera ko‘targan yigit paydo bo‘ldi va Eto’Oni suratga ola boshladi.
Qayd etilishicha, bu yigit jazoirlik taniqli bloger bo‘lgan. U Kamerun futbol federatsiyasi rahbariga Jahon chempionati saralashidagi o‘yin borasida turli savollarni bergan.
Eslatib o‘tamiz, Kamerun JCH–2022 o‘tish o‘yini doirasidagi birinchi bahsni o‘z uyida qabul qilgan va unda Jazoirga 0:1 hisobida yutqazgan. Javob uchrashuvida Kamerun 2:1 hisobda g‘alaba qozongan va Mundial yo‘llanmasiga ega bo‘lgan. Mazkur o‘yinda hakamlarning qarorlari keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.
Braziliya Eto'o Janubiy Koreya