• 26 ta ko'rildi

Samarqandda ota va uning 5 yoshli qizi jonsiz holda topildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 30-noyabr kuni erkak va uning voyaga yetmagan qiziga tegishli murdalar topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.


Aniqlanishicha, soat 09:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Qorako‘lcha” MFY Qorako‘lcha qishlog‘ida yashovchi fuqaro Q.X. (1994-yilda tug‘ilgan) va uning voyaga yetmagan qizi (2017-yilda tug‘ilgan) o‘zining yashash uyi xonasida tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarisiz murdasi topilgan.


Sud-tibbiy ekspertiza bo‘linmasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi noma’lum etiologikdan zaharlanish oqibatida kelib chiqqani ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.