• 19 ta ko'rildi

Sabr...

SABR NIMA

Sabr --- azobga chidash,

Sabr --- ishonchni oqlash.

Sabr --- yashirin nola,

Sabr --- uzilmas tola.

Sabr --- bukilmas suyanch,

Sabr --- yiqilmas tayanch.

Sabr --- dilda xush niyat,

Sabr --- sokin kayfiyat.

Sabr --- dillarga malxam,

Sabr --- tillarga maxkam.

Sabr --- dardlarga davo,

Sabr --- kóngilga navo.

Sabr --- chiroyli odat,

Sabr --- toat - ibodat.

Sabr --- iymonni nuri,

Sabr --- inson gururi.

Sabr --- ishqdagi vafo,

Sabr --- tuyğu bebaxo.

Sabr --- kechilgan gunox,

Sabr --- yomondan panox.

Sabr --- tashvishda iymon,

Sabr --- xulqi musulmon.