
Ronalduni "Al-Nassr"ga o‘tishi va Erdog‘anning gapi
"Al-Nassr" sport direktori:
"Barchangiz bilib turibsiz"...
"Al-Nassr" klubi sport direktori Ronalduning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
- Men vaziyat ijobiy yoki salbiy deya javob bera olmayman. Keling, kutamiz va yil oxiriga qadar voqealar qanday tus olishini ko‘ramiz.
- Barchangiz bilib turibsiz, muzokaralar nafaqat klub, balki mamlakat, qolaversa, jahon futboli uchun juda katta ahamiyatga ega.
- Ronaldu tarixdagi eng yaxshilaridan biri. Men uni doim g‘alabaga chanqoqligi uchun namunali sportchi deb bilganman. Keling, kutamiz. Yakunda nima bo‘lar ekan.
Erdog‘an Ronalduning "Al-Nassr"ga o‘tayotgani haqida gapirdi
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida gapirdi.
"Men olgan ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoniga boradi", - dedi davlat rahbariya Erzurim shahrida bo‘lgan nutqida.
Xabar qilinishicha, 37 yoshli forvard "Al-Nassr" bilan muzokaralar olib bormoqda. Uning transferi dekabr oyi so‘nggiga qadar hal qilinishi kutilmoqda.
Ronaldu, Saudiya chempionati darajasi haqida: "Buni ortga qadam deb hisoblamayman"
"Al-Nassr" sport direktori Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni ortga qadam sifatida ko‘rmayapti.
Klub hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan transfer borasida muzokaralar olib bormoqda.
- "Men besh yildan buyon shu yerdaman va o‘zim suhbatlashgan barcha futbolchilar kelganlarida hayratda qolishdi. Ayniqsa, chempionat darajasidan.
- Ushbu holat "Bavariya" bilan Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan Luis Gustavo bilan sodir bo‘ldi. Vaziyatdan xabardor bo‘lmaganlar uchun bu odatiy hodisa.
- Ospina Saudiyaga kelganida, kolumbiyalik muxlislar bu xato ekanligini yozgan, ammo Saudiya Arabistonida futbol sezilarli darajada o‘zgargan".