Taniqli jurnalist, yaqinda Krishtianu Ronaldudan shov-shuvli intervyu olgan Pirs Morgan barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoasini aytdi. E’tiborlisi, u bu jamoaga Peleni kiritmadi.
Mutaxassis hozirda faoliyatini davom ettirayotgan oʻyinchilardan faqatgina Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni tarkibga kiritgan.
Pirs Morgan talqiniga koʻra barcha davrlarning eng yaxshi oʻyinchilaridan iborat ramziy jamoa quyidagicha koʻrinish olgan:
Darvozabon: Gordon Benks (Angliya);
Himoyachilar: Kafu (Braziliya), Frans Bekkenbauer (Germaniya), Bobbi Mur (Angliya), Paolo Maldini (Italiya);
Yarim himoyachilar: Zinedin Zidan (Fransiya), Lotar Matteus (Germaniya, jamoa sardori), Maradona (Argentina), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya);
Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Ronaldo Nazario (Braziliya).