
Ronaldu PSJga o‘tadimi? Parij klubi prezidenti aniq javob berdi
Fransiyaning PSJ klubi prezidenti Nosir al-Xelayfiy hozirda erkin agent bo‘lib turgan hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash haqidagi savolga javob berdi.
“U — afsona, yulduz. Uni futbolchi va professional sifatida hurmat qilaman, yaxshi koʻraman. Ronaldu ajoyib oʻyinchi. U hozir 37 yoshda va hamon qoyilmaqom. Har bir klub uni sotib olishni xohlaydi. Bizda esa muammo shundaki, uning pozitsiyasida koʻplab oʻyinchilar bor. Rostini aytsam, buning iloji yoʻq”, — deydi al-Xelayfiy.
Avvalroq, Krishtianu Ronalduning shaxsan o‘zi “Al-Nassr”ga o‘tishi haqidagi savolga qat’iy javob bergani haqida xabar bergan edik.
Ronaldu PSJ