Ronaldu jahon chempionatida 100 ta zarba bergan birinchi futbolchi bo'ldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida 100 ta zarba yo‘llagan birinchi futbolchiga aylandi.
Shuningdek, portugaliyalik tarixda ham jahon chempionati, ham Yevropa chempionatida 20 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Yevropa turnirida 25 uchrashuvda qatnashgan, jahon chempionati bahslarida 20 marta maydonga tushgan. Yubiley, uning uchun Janubiy Koreya terma jamoasi bilan 20-o‘yin bo‘ldi.