• 37 ta ko'rildi

“Real Madrid” yarim himoyachisi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

“El Nacional” nashrining xabariga koʻra, 32 yoshli germaniyalik futbolchi koʻplab klublarning eʼtiborini tortgan, chunki uning “Real” bilan shartnomasini uzaytirishi haqida hech qanday xabarlar mavjud emas. Da’vogarlar orasida “Yuventus” uni klubni yana raqobatbardosh jamoaga aylantirishi mumkin boʻlgan ideal nomzod sifatida koʻrmoqda.

Kroos 2014-yildan beri “Real”da oʻynamoqda. Uning Madrid klubi bilan amaldagi bitimi 2023-yilning 30-iyunida yakuniga etadi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Kroos joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.


Real madrid Kroos Juventus