
“Real Madrid” Bruno Fernandeshni sotib olmoqchi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandeshga qiziqish bildirmoqda.
Portugaliyaning “Record” nashri xabariga koʻra, Madrid klubi 28 yoshli portugaliyalik futbolchining oʻyinlarini kuzatib bormoqda. Klub Brunoni “Sporting”dagi faoliyatidan buyon koʻz ostiga olgan, ammo u “Manchester Yunayted”ga oʻtgach Madrid rahbariyati Fernandeshni short-listidan chiqargan edi. Yaqin oradan boshlab “Real” yana Brunoga qiziqa boshlagan.
Ta’kidlanishicha, Brunu “Man Yunayted”da oʻzini baxtli his qilmoqda, ammo u faoliyatida yangi darajaga chiqish uchun ham boshqa klubga oʻtishga qarshi boʻlmaydi. Koʻp narsa “MYU”ning joriy yilgi natijalariga bogʻliq.
Maʼlumot uchun, Bruno JCH-2022’da Portugaliya terma jamoasi safida 2 oʻyinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Real madrid Bruna fernandes