“Real” Fernandes uchun 80 mln yevrogacha to‘lashga tayyor. Uning klubi esa 120 mln so‘ramoqda
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi Argentina terma jamoasi aʼzosi Enso Fernandesga qiziqish bildiryapti.
Fernandesga egalik qilayotgan “Benfika” klubi futbolchi uchun 120 mln yevro soʻrayapti. “Qirollik klubi” esa futbolchi uchun 80 mln yevrodan ortiq toʻlamoqchi emasEnso takliflar haqida oʻylamayotgani va bor eʼtiborini Jahon chempionatida zafar quchishga qaratayotganini aytgan.
Avvalroq, “Real Madrid” “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandeshga yana qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik.