• 26 ta ko'rildi

❗️Rasman: Marokashdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike rasman lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Ispaniya qirollik terma jamoasi rasmiy sayti xabar berdi.

“Ispaniya terma jamoasi Luis Enrike va uning xodimlariga rahmat aytgan holda ular tomonidan soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlarni davom ettirish maqsadida yangi loyiha boshlashi kerak”, — deyiladi xabarda.

Federatsiya Luis Enrikega amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildirib, kelajakdagi professional loyihalarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib oʻtamiz, Ispaniya terma jamoasi yaqinda Marokashga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan va nimchorak final bosqichidayoq Jahon chempionatidan chiqib ketgan edi.

Ma’lumot uchun, “Marca” so'rovnomasida ovoz beruvchilar Enrikening o'rniga eng ko'p Roberto Martinez nomzodini ma'qul ko'rishgan. Ispaniya Qirolligi esa Luisning o'rniga Marselino Garsiya Toralni tayinlamoqchi


Ispaniya JCH-2022