• 40 ta ko'rildi

Raqs vabosi


1518-yil iyul oyida Strasburgda (o'sha paytda Muqaddas Rim imperiyasining bir qismi) sodir bo'lgan raqs maniasidir. 400 ga yaqin odam bir necha kun ketma-ket dam olmasdan shahar ko‘chalarida raqsga tushishadi. Bu vaqt ichida ularning ko'plari yurak xuruji, insult yoki jismoniy charchoqdan vafot etdilar.


Kasallikning boshlanishi 1518-yil iyul oyida, Troffea ismli ayol Strasburg ko'chasiga chiqib, raqsga tusha boshlaganida sodir bo'ladi. Bu taxminan to'rt-olti kun davom etadi. Bir hafta ichida unga yana 34 kishi qo'shildi, bir oy ichida esa 400 ga yetib boradi. Ularning aksariyati yurak xuruji, insult yoki charchoqdan vafot etgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, ba'zi paytlarda kuniga 15 kishigacha raqs vabosidan vafot etganlar boʻlgan. Hodisa turli tarixiy hujjatlar, jumladan, shifokorlar yozuvlari, mahalliy xronikalar va shahar kengashi hujjatlari bilan tasdiqlangan.


Nima bo'lganini tushuntirish uchun zamonaviy gipotezalardan biri bu turli xil donli ekinlarga ta'sir qiluvchi Ergotning psixoaktiv mahsulotlaridan zaharlanishidir. Ergot tarkibidagi alkaloidlar kimyoviy tuzilishi bo'yicha dastlab ulardan sintez qilingan LSD psixoaktiv moddasiga o'xshaydi.


news Yangiliklar Bilasizmi Qiziqarli