🇵🇹 Portugaliyalik muxlislar 🇵🇹 Ronalduning 🇨🇭Shveytsariyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishini istamayapti
Portugaliyaning yetakchi sport sayti "Abola" internet foydalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, portugaliyaliklarning 70 foizi Jahon chempionati 1/8 finalida Shveytsariyaga qarshi o‘yinni terma jamoa sardori Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushishini istamayapti. Ronaldu JCh-2022da 1-turda Gana darvozasiga penaltidan 1 ta gol urdi.