• 58 ta ko'rildi

Portugaliya Brunoning gollari evaziga Urugvaydan revansh olib, pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval hal qildi

Qatarda davom etib kelayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati bahslarida 2-tur o‘z nihoyasiga yetdi.


H guruhida Portugaliya Urugvayga qarshi bahsda Fernandeshning dubli evaziga gʻalaba qozondi va muddatidan avval pley-offga chiqdi. Dastlab, 1-gol Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgandek taassurot uyg‘otgandek bo‘lsa-da, takroriy lavhalarda u gol urmagani ma’lum bo‘ldi va bu Brunoning hisobiga yozildi. 2-taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Fernandesh o‘zi ishlab olgan penaltini golga aylantirdi va hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va Portugaliya Urugvaydan revansh oldi.


2018-yilgi Jahon chempionati nimchorak finalida aynan Urugvay Portugaliyani yengib, Ronalduni Mundialdan chiqarib yuborgan edi.

Eslatib oʻtamiz, bungacha Fransiya va Braziliya ham nimchorak final masalasini ijobiy hal qilgandi.


Soʻnggi turda, 2-dekar kuni Portugaliya (6) Janubiy Koreya (1) bilan oʻynasa, Urugvay (1) Ganaga (3) qarshi maydonga tushadi va guruhdagi ikkinchi yoʻllanma sohibini aniqlaydi.




Fernandesh Portugiya Penalti