
Penaltilar seriyasida yutqazgan Ispaniya Mundialda Italiya va Angliyaning antirekordini yangiladi
Ispaniya terma jamoasi Qatardagi Jahon chempionati nimchorak finali doirasida Marokashga qarshi kechgan o‘yinda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Shu tariqa, “Qizil furiya” ketma-ket uchinchi Jahon Chempionatida chorak finalga chiqa olmadi. Ispaniya so‘nggi bor 2010-yilda ushbu bosqichga chiqqan, o‘shanda jamoa yakunda chempionga aylangandi.
2014-yilgi Mundialda pireneyliklar guruhda qolib ketgan, 2018-yilgi JChda esa nimchorak finalda Rossiyaga penaltilar seriyasida yutqazgan.
Kechagi natija orqali Ispaniya Mundialda beshinchi marta penaltilar seriyasida ishtirok etdi. Ularning to‘rttasida ispanlar mag‘lub bo‘lgan — bu musobaqa antirekordi hisoblanadi. Ispanlardan keyingi o‘rinlarda Angliya va Italiya joylashgan bo‘lib, ular “omad lotoreyasi”da jami uch martadan yutqazgan.
Ispaniya JCH-2022 Pireneyliklar