
Payg'ambarimiz haqidagi qisqacha ma'lumotlar.Siz buni albatta bilishingiz kerak.
Islom sòzi arabchadan olingan bo'lib itoat,tobelik degan ma'noni anglatadi.Islom hozirda dunyodagi eng ko'p inson e'tiqod qiladigan din hisoblanadi.
Muhammad(s.a.v) 570-yilda Hijozning markazi bo'lmish Makka shahrida quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonida tug'ilgan. Otalari Abdulloh,onalari Omina.Tug'ilganidayoq otadan yetim qolgan Muhammad(s.a.v) 6 yoshlarida onalaridan judo bo'ladilar.Ularning tarbiyasi bobolari Abdumutalib qo'llarida, bobolaridan keyin amakisi Abu Tolib qo'lida qoladi.Dastlab Makka aholisi bu dinni qabul qilmagan va payģambarimiz Madina shahriga boradi.Ana shu safar hijrat deyiladi va òsha 622-yildan hijriy yil boshlangan.Madina aholisi bu dinni yaxshi kutib oladi.Keyin Makkaga yurish qilinadi.Makka osonlikcha zabt etiladi va bud,sanamlardan tozalanadi.610-yilda Alloh Taolo tomonidan Muhammad(s.a.v)ga vahiy kela boshlaydi va u Rasululloh deb ataladi.Rasululloh so'zi xudoning elchisi,payg'ambari degan ma'noni anglatadi.630-yilga kelib arablarning ko'pchilik qismi musulmon bo'ladi va bir davlatga birlashadi.
Boshqa dinlarda bo'lgani kabi bu dinning ham muqaddas kitobi mavjud va u Qur'oni Karim deb nomlanadi.Qur'on so'zi esa arabchadan olingan bo'lib qiroat,o'qish degan ma'noni anglatadi.Bu kitob 23-yil davomida nozil qilingan va 114-suradan iborat.
Payg'ambarimiz 632-yilda vafot etadilar.Ularning 4-nafar o'rinbosarlari bòlib ular 1. Abu Bakr 632-634 2. Umar 634-644 3. Usmon 644-656 4. Ali 656-661
islom Dinyulduzi Din