Respublika sud ekspertizasi markazi laboratoriya mudiri DNK ekspertizasining narxini ma’lum qildi.
Tadqiqot narxini belgilashda tadqiqotning murakkabligi, tekshiriladigan ob’yektlarning soni hamda ushbu tadqiqotga sarflanadigan reagentlar inobatga olinadi.
Hozirgi kunda ushbu to‘lovlarning 3 xil tarifi belgilangan.
▪️Oddiy tadqiqotlar – 2 083 707 so‘m;
▪️o‘rtacha qiyinlikdagi tadqiqotlar – 4 021 189 so‘m;
▪️murakkab tadqiqotlar – 6 214 564 so‘m etib belgilangan.