• 21 ta ko'rildi

Oson va qiyin...

Oson va qiyin


Muammo paydo bo’lganda bizda doim ikki xil yo’l bo’ladi. Qiyin va oson.


Ishlarimiz yurishmayapti


Oson: Nolishni kuchaytirish, boshqa ish qidirish, qarz olish.

Qiyin: Ish beruvchi yoki mijozlar bilan gaplashib ko’rish. O’z ustimizda ishlash.


Sog’liq yomonlashyapti


Oson: Dorilar izlash. Iloji bo’lsa sehrli tabletka bo’lsin.

Qiyin: Hayot tarzini yaxshilash, jismoniy mashqlarni boshlash, dietani almashtirish.


Bizni tanqid qilishdi


Oson: Qayta tanqid qilish, shaxsiyatga o’tish

Qiyin: Eshitish, to’g’ri bo’lsa qabul qilib, o’zgarish. Noto’g’ri bo’lsa tushuntirish.


Radikalizm xavfi paydo bo’ldi


Oson: Soqollilarni soqolini qirib tashlash

Qiyin: Ta’lim va media orqali qarshi kurashish. PR orqali o’z pozitsiyasini bildirib borish.


Obunachilar kamlik qilyapti


Oson: Givlarda qatnashib tashlash

Qiyin: Qiziqarli matn, kontent bilan odamlarni jalb qilish


Ro’yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. Maqsad bu emas. Maqsad qiyin qarorlar oson hayotga, oson qarorlar qiyin hayotga olib borishini eslatib qo’yish.