• 52 ta ko'rildi

Oq qarg'a (ing: White Crow)

#idioma

Bu idiomani ilk bor ikki ming yil avval yashagan Rim shoiri Detsim Yuniy Yuvenal o'z satirasida tilga olgan. U shunday degan: "Odam qullikdan so'ng shoh bo'lishi, asirlikdan so'ng ozod bo'lishi mumkin, ammo bunday omadli odamning ham oq qarg'ani uchratish ehtimoli kam".


"Oq qarg'a" idiomasi o'zining tashqi ko'rinishi, fe'l-atvori, hatti-harakati va aqliy qobiliyati bilan boshqalardan keskin ajralib turadigan odamlarga nisbatan qo'llaniladi.


Tabiatda kam uchraydigan oq patli qarg'alar o'zining noodatiy tashqi ko'rinishi tufayli yirtqichlar uchun himoyasiz o'lja hisoblanadi. Shuning uchun "oq qarg'a" idiomasining ikkinchi ma'nosi quyidagi tushinchalar bilan bog'liq: "Tanlanganlik, himoyasizlik va azob".


Idioma