Prokuratura Departamentning xabariga ko'ra, Toshkent viloyatida subv iste'molidan tushgan mablag'larni o'zlashtirish holati aniqlandi.
Ma'lum qilinishicha, “Toshkent suv taʻminoti” MCHJ Angren shahar bo‘limining iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish va suv sotish bo‘limi 5 nafar nazoratchilari aholidan suv iste’moli uchun jami 153,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan yig‘ib olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Endi ular ushbu ishlari uchun yuqoridagi moddaga asosan, 3 yilgacha qamalishi mumkin.
Avvalroq, Samarqandda bank xodimi $3 ming pora bilan ushlangandi.