
O'zbekistonda online ish
Dasturda ovozli, video va yozma xabarlar uchun imkoniyatlar bor.
Nazorat
Ish beruvchi masofadan turib xizmatchiga vazifalar tayinlashi va ularning qanday bajarilayotganligini kuzatib/nazorat qilib turishi mumkin. Buning uchun quyidagi qulay xizmatlardan foydalanish kerak.
Todoist – Shaxsan o’ziga yoki kimgadir/guruhga vazifa tayinlash va ularning bajarilishini nazorat qilishga moslashgan platforma. Web interfeysidan tashqari Android uchun mobil ilovasi ham mavjud. Shaxsiy rivojlanish yo’lida o’ziga o’zi maqsadlar tayinlab, samaradorligini oshirmoqchi bo’lganlarga alohida tavsiya etaman.
Google Kalendar – Ishlarni sana va soatga ko’ra rejalashtirish uchun juda qulay xizmat. Gmail akkauntingizning bo’lishi u xizmatdan foydalanishingizga kifoya qiladi.
Zoho – Masofadan turib ishlash uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan barcha qulayliklar. Shaxsan menga eslatmalar tizimi juda ma’qul keldi.
Remember The Milk – Eslatmalarning juda ajayob tarzda tashkil etilgan ko’rinishi.
Taqdimot
Google Docs – Bajarilgan ishlarni online tarzda Word, Excel yoki Power Point ko’rinishida taqdim etish uchun juda qulay platforma. Jamoamiz bilan Word xujjatlarni online tahrirlashda ushbu xizmatdan juda ko’p foydalanardik.
LightShot – Kompyuter interfeysini bir zumda suratga olib, online jo’natish uchun qulay bo’lgan kichik dastur. Uni har qanday holatda ham kompyuteringizga o’rnatib, ishlatishingiz kerak. Shaxsan o’zim har kuni bu qulay dasturdan foydalanaman.
Flickr – Foto va video ma’lumotlarni zudlik bilan almashish, namoyish etish zaruratida bo’lganlar uchun ajoyib bepul xizmat.
To’lov
Bajarilgan ish uchun xizmat haqini to’lashda quyidagi qulay online to’lov usullaridan foydalanish mumkin.
Payme – O’zbekistonda plastik kartochkadan plastik kartochkaga pul o’tkazishda bundan yaxshiroq xizmat bo’lmasa kerak (hozircha).
WebSum – Bank yoki infokiosk orqali pul o’tkazish mumkin bo’lgan qulay online to’lov tizimi.
Webmoney – Nafaqat O’zbekistonda, balki xorijda ham samarali ishlab kelayotgan online to’lov tizimi.
Online Online ish Masofaviy Masofaviy ish