
O'zbekiston uchun 100 ta g'oya. 1 - o'rin sohibi bo'ldim.
Hammasi oddiy g’oyadan boshlanadi. G‘oya tarix va kelajakni birlashtiradigan katta kuchdir. Bu kuch bizni ilm olishga undaydi. Ilm esa g‘oyalar natijasi. Har bir g‘oya uchun sen qo‘ygan qadam kelajakni o‘zgartiradi va har bir g‘oyang dunyoni o‘zgartiruvchi kuchdir. Sen ezgu g‘oyalarni ilgari surgan buyuk ajdodlarning avlodisan.
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni kashf qilish, ularning tashabbus va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida shahar va qishloqlardagi tashabbuskor yoshlarning iqtisodiyot, ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari kabi sohalardagi ilmiy va amaliy loyihalar qabul qilindi.
Respublika doirasida jami 1400 ta g'oyadan qishloq xo'jaligi fanlari yo'nalishi bo'yicha Men Sharopov Ramziddin Najmiddinovich faxrli birinchi o'rin sohibi bo'ldim.