Niderlandiya – Argentina bahsida kartochkalar soni bo‘yicha Jahon chempionati rekordi o‘rnatildi
Qatarda davom etayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati chorak finali doirasidagi Niderlandiya va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinda (2:2, pen — 3:4) kartochkalar soni boʻyicha mundial rekordi oʻrnatildi.
Ispaniyalik bosh hakam Antonio Mateu Laos Jahon chempionati chorak finali bahsida 15ta sariq va 1 ta qizil kartochka koʻrsatdi, ularning 3tasi — penaltilar seriyasida. Niderlandiyaliklar himoyachisi Denzel Dumfris raqiblar bilan janjal oqibatida seriyada va undan keyin sariq kartochka olib, chetlatildi.
Bungacha rekord 12 ta sariq va 2 ta qizil kartochka edi.