• 29 ta ko'rildi

Neymarsiz Braziliya guruh bosqichini mag‘lubiyat bilan yakunladi, pley-offga chiqqan 2-jamoa nomi ham ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 3-turida “G” guruhining ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Ularning birida Braziliya terma jamoasi Kamerun bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Vensan Abubakar hisobni ochdi. Abubakar golni nishonlash uchun libosini yechdi va ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda Kamerun bir kishi kam bo‘lib harakat qildi va yakunda g‘alabani ilib ketdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Shveysariya Serbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shveysariya safida Jerdan Shakiri, Bril Embolo, Remo Froyler gol mualliflariga aylandi. Serbiya tarkibida esa Aleksandr Mitrovich va Dushan Vlahovich o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Braziliya 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Shveysariya 6 ochko bilan 2-pog‘onani band etdi. Kamerun va Serbiya terma jamoalari musobaqani tark etdi. Mundialning guruh bosqich bahslari rasman tugadi. Ertadan boshlab pley-off bahslariga start beriladi.


Braziliya JCH-2022 Serbiya Shvetsariya