• 36 ta ko'rildi

Neymar Jahon chempionati birinchi o‘yinidan keyin tuni bilan yig‘lab chiqqanini aytdi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Jahon chempionati nimchorak finalidan oʻrin olgan Janubiy Koreyaga (4:1) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilar oʻrtoqlashdi.

“Jarohatdan juda qoʻrqdim, chunki hammasi zoʻr ketayotgandi, mavsumni juda yaxshi oʻtkazayotgandim. Bunday jarohat olish juda yoqimsiz edi. O‘sha birinchi o‘yindan keyin, tun boʻyi yigʻladim, bu haqda oilam biladi. Lekin hammasi ortda qoldi. Oldingi chempionatlarga qaraganda uzoqroqqa borish vaqti keldi. Kubokni orzu qilamiz, lekin bosqichma-bosqich oʻtishimiz kerak

Bu toʻrtinchi oʻyinimiz edi, yana uchtasi qoldi. Yaxshi tayyorgarlik koʻrdik. Bor eʼtiborimizni chempionlikka qaratganmiz”, – deydi Neymar.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya chorak finalda Xorvatiya bilan oʻynaydi. Bellashuv 9-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.


Neymar Braziliya JCH-2022