• 22 ta ko'rildi

Nafs va inson...

NAFS VA INSON SUHBATI !

- Nafs: - "Mana senga kerak boʻlsa taxt".

• Inson: - "Yoʻq kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt".

- Nafs: - "Balki yoqar oysuluv qizlar?".

• Inson: - "Yoʻq yorim bor, baxtlimiz bizlar".

- Nafs: - "Balki senga kerakdir boylik?".

• Inson: - "Qanoatla xolim chiroylik".

- Nafs: - "Undan koʻra sen oʻynab kulgin...".

• Inson: - "Qiyomat bor sen xayo qilgin".

- Nafs: - "Bu dunyo besh kunlik bilgin".

• Inson: - "Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin".

- Nafs: - "Balki senga yoqar kayf safo?".

• Inson: - "Halolga xoʻp, qolgani jafo".

- Nafs: - "Sharoblar bor. Mast boʻlib koʻrgin!".

• Inson: - "Uni qoʻy. Iymon lazzatin tuygin".

- Nafs: - "Koʻzingni och dunyo makrdir...".

• Inson: - "Makrlarga toʻsiq zikrdir".

- Nafs: - "Axmoqsan seni hayoting gʻurbat".

• Inson: - "Yoʻq umidim abadiy Jannat".

- Nafs: - "Men nafsingman yengildim senga".

• Inson: - "Kel Haq yoʻlda yordam ber menga".

- Nafs: - "Roziman hoʻp. Iymon shartlarin bildir".

• Inson: - "Maxluq borki Robbiga quldir".

- Nafs: - "Qullik qanday boʻladi aytgin?".

• Inson: - "Amriga yur. Nahiydan qaytgin!".

- Nafs: - "Gunohlarim kecharmi Qahhor?!".

• Inson: - "U mehribon rahmli Gʻaffor!"