• 37 ta ko'rildi

Mourinyoning qishki transferlar oynasi uchun eng asosiy maqsadi ma’lum bo‘ldi

Italiyaning “Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujum chizigʻini yanada kuchaytirmoqchi.

“Tuttosport” nashri xabariga koʻra, portugaliyalik mutaxassis Rim klubi rahbariyatidan “Barselona” forvardi Memfis Depayni taklif etishni soʻragan. U asosiy transfer maqsad sifatida aynan niderlandiyalik hujumchini koʻrmoqda.

Niderlandiya safida Qatardagi Mundialda ajoyib oʻyin namoyish etayotgan 28 yoshli forvard ham yanvarda Kataloniya klubini tark etishni maqsad qilgan. Avvalroq, “Barsa” rahbariyati katta maoshli hujumchini tekinga qoʻyib yuborishga tayyorligi haqida xabar qilingandi.

Shuningdek, Depayga “Roma”dan tashqari, uning sobiq klubi MYU va “Milan” klublari ham qiziqish bildirmoqda.


Roma Depay Milan