• 26 ta ko'rildi

Mourino Angliyadan o‘yinchi chaqiryapti

Roma” qishki transferlar vaqtida bir necha pozitsiyani mustahkamlashni rejalashtirgan. Yaqinda “Budyo-Glimt”dagi faoliyatini yakunlagan hujumchi Ola Solbakken rimliklar bilan shartnoma imzolagan edi.

Joze Mourino endi himoya chizig‘iga o‘yinchi olmoqchi. Bu ko‘p jihatdan asosiy himoyachilardan hisoblangan Rik Karsdorp bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikka bog‘liq.

Portugaliyalik bosh murabbiy niderlandiyalik futbolchi o‘rniga “Lester”ning turkiyalik o‘yinchisi Chag‘lar Suyunjuni olib kelmoqchi.

Rimliklarga bu markaziy himoyachining texnik tayyorgarligi, jismoniy ko‘rsatkichlari va maoshining pastligi ma’qul kelgan.


Roma Lester Mourino