Messi Jahon chempionatida unga qaysi jamoa yoqayotganini va yaqqol favoritni aytdi
Argentina sardori Lionel Messi JCH-2022da qaysi jamoalarning oʻyini yoqayotganini aytdi.
“Imkonimiz boʻlishi bilan boshqa jamoalarning oʻyinlarini ham koʻryapmiz.
Turnir boshida aytganimdek, Braziliya juda yaxshi oʻynayapti. Kamerunga yutqazganiga qaramay, ular asosiy favoritlardan biri boʻlib qolmoqda. Fransiya kabi. Shuningdek, Ispaniya. Pley-offga 2-oʻrin bilan yoʻl olgan boʻlsa ham, ular juda yaxshi oʻynamoqda. Ular toʻpni egallashganida nimani xohlayotganini aniq bilishadi. Ular toʻpga juda koʻp egalik qilishdi”, — deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina JCH-2022 chorak finalida Niderlandiya bilan kuch sinashadi. Oʻyin 9-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.