• 47 ta ko'rildi

“Messi finalda Fransiyani yo'q qilib yuboradi”, — Ronaldinyo

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldinyo Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati finalida Argentinaning Fransiya ustidan gʻalaba qozonishiga ishonmoqda.

“Mening qadrdon doʻstim Messi futbolchidan ham ortiqroq. Men munosabatlarimizni qadrlayman va har doim unga kuchimning bir qismini berishga harakat qilaman. Men, albatta, finaldan keyin uning oldiga borib, tabriklashni xohlayman.

Argentinaning chempion bo'lishiga bir daqiqa ham shubha qilmayman. Messi Fransiyani yoʻq qilib yuboradi. Hisob argentinaliklar foydasiga boʻladi, ular Jahon chempionatida gʻalaba qozonishadi”, — deydi Ronaldinyo.

Eslatib oʻtamiz, Argentina va Fransiya o'rtasidagi Jahon chempionati final uchrashuvi ertaga, 18-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.


messi Ronaldinyo