• 56 ta ko'rildi

Men hamma narsani o'zim bilan olib yuraman



Qadimgi Rimni o'rganuvchi tarixchilarning ta'kidlashicha, forslar Yunonistonning Priene shahrini bosib olganlarida, aholining aksariyati o'z mol-mulklarini olib, shahardan qochib keta boshlagan. Ammo, yuklarining og'irligi ularning tezligini sezilarli darajada pasaytirib, turli noqulayliklarni keltirib chiqargan.


Bir donishmand inson hech qanday yuklarsiz, qochib ketayotganlarga ergashadi. Odamlar donishmanddan nega o'zi bilan hech narsa olib ketmayotganini so'rashgan, donishmand "Men o'zimda bo'lgan hamma narsani o'zim bilan olib yuraman!" - deb javob beradi.


Yo'lda qochqinlar o'zlari bilan barcha narsalarini olib yurishga kuchlari yetmaganligi sababli, mulklarining bir qismini tashlab ketishga majbur bo'ladi. Donishmand esa o'zining ulkan aql-farosati bilan hech nimasiz qolib ketsa ham hayotda yo‘q bo‘lib ketmaydi.



Qiziqarli