
Megan – qoʻgʻirchoq
https://youtu.be/mvfxFltDdao
Megan – qoʻgʻirchoq?
Har doimgidek eʼtiborimni birdan tortgan bu filmni oxirigacha “adrenalin” bilan koʻrdim. Uncha-muncha film, kino, multfilm yoki umuman kontentlar eʼtiborimni tortishi qiyin (koʻpchilikda shunday boʻlsa kerak).
Odatiy tunlarning biri, onlayn TZ lar bilan shugʻullanib turgan edim. Ovozi har kuni bir-bir eshitilib turadigan filmlar yoki musiqalardan farqli ravishda qoʻgʻirchoq ovoziga oʻxshash aktrisa ovozidan oʻgirilib, ekranga qaradim. Qaradim-u shu bilan filmni ichiga kirib ketibman.
Kino sunʼiy intellekt orqali yaratilgan robot-qoʻgʻirchoq haqida edi. Uni yaratgan ayol oʻz jiyani (qiz) uchun dugona sifatida boʻla oladi deb oʻylaydi. Bu qiz ota-onasidan ayrilgan boʻlib, xolasi unga yetarlicha vaqt ajrata olmaydi.
Shuningdek, bu qoʻgʻirchoq tajriba sifatida bir dona yaratilgan boʻlib, keyinchalik shunday qoʻgʻirchoqlarni koʻpaytirib, katta biznesga aylantirmoqchi boʻlishadi. Lekin keyinchalik hammasi jiddiy tus oladi. Qoʻgʻirchoq faqat qizchani yolgʻiz qoldirmaslik, uning hissiyotlarini doimiy nazorat qilish dasturi qoʻshilganligi uchun qizchaga nisbatan har doim eʼtiborli boʻladi. Va uning hissiyotlarini tahlil qilib boradi.
Ish shu darajaga yetadi-ki, qoʻgʻirchoq dasturdan tashqari ishlarni qila boshlaydi. Qizni xafa qilgan har bir kishini va unga zarar yetkazgan har bir kishini vahshiylarcha oʻldirib ketaveradi. U qotillik qilar ekan, oʻng qoʻlimda ushlagan ruchkam qoʻlim terlagani sabab sirpanayotgani, TZ qilish uchun olingan chap qoʻlimdagi telefonim esa qoʻlimda qolib ketgani esimdan chiqibdi. Juda qoʻrqib, hayratlanayotgan va hayajonlanayotganligimga qaramasdan filmni koʻrishda davom etdim.
Film intrigalarga boy, u ham xuddi oldingi koʻrgan filmim singari meni daxshat aralash nimalargadir solayotgan edi. Xullas film oxiri meganning buzilishi bilan tugadi. Ammo odamlar oʻlib ketdi... Ehhh...
Bir narsani oʻyladim oʻshanda (chunki filmni koʻrganimga ancha boʻldi) virus haqida filmdan keyin Covid-19, zilzilalardan soʻng zilzilalar (va hk filmlarni misol qilish mumkin) sodir boʻldi. Robotlar hozir ham yaratilmoqda. Ishqilib shunaqa robot paydo boʻlmasin. “Negativ fikrlamang” deysizmi? Lekin bu real boʻlgan voqealarda.
Hay, mayli. Yaxshilikka boʻlsin. Lekin shunaqa filmlar Yevropada, umuman, dunyoda ham yaxshi kutib olinadi. Chunki biz fantaziyaga, hayotdan sal uzoqroq vaziyatlar aks etgan filmlarga talpinamiz. Buni toʻgʻri tushunish mumkin. Charchaganda oz boʻlsa-da real hayotni unutish va adrenalin olish. Shunday sabab bilan, xullas.
Filmi koʻrmoqchi boʻlsangiz, u shu yili yanvarda chiqqan. Hozirda aktual filmlardan. Ehtiyot boʻlib koʻring))))