• 26 ta ko'rildi

Mbappe, Neymar, Risharlison: Jahon chempionatining eng chiroyli goli uchun da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

FIFA JCH—2022 ning eng chiroyli gol muallifi bo‘lish uchun nomzodlar nomini e’lon qikdi.


Qatarda bo‘lib o‘tgan Mundialda 32 ta terma jamoa 172 ta gol urdi. Bu musobaqa tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. 1998-yilgi va 2014-yilgi musobaqalarda 171 ta gol urilgan edi. Ushbu musobaqada har bir o‘yinda o‘rtacha 2,7 ta gol urildi. Xalqaro futbol federatsiyasi eng yaxshi golni aniqlash uchun 10 ta nomzodni tanlab oldi.

Sovrin uchun futbolchilar kurash olib boradi:


1 . Salem al-Dovsari (Saudiya Arabistoni, Argentinaga qarshi o'yindagi g'alaba goli);

2 . Risharlisonning 2 goli (Braziliya, Serbiyaga qarshi o'yindagi qaychi uslubidagi gol; Koreyaga qarshi o'yindagi kombinatsion hujumdan keyingi Janubiy Janubiy);

3 . Kodi Gakpo (Niderlandiya, Ekvadorga qarshi o'yindagi gol);

4 . Enso Fernandes (Argentina, Meksikaga qarshi bahsdagi gol);

5 . Vensan Abubakar (Kamerun, Serbiyaga qarshi o'yindagi gol);

6 . Luis Chaves (Meksika, Saudiya Arabistoni darvozasiga jarima zarbasidan urilgan gol);

7 . Kilian Mbappe (Fransiya, qo'shimcha daqiqalarda Polsha darvozasiga urilgan gol);

8 . Payk Sin Ho (Janubiy Koreya, Braziliyaga qarshi bahsda uzoqdan berilgan zarba orqali urilgan gol);

9 . Neymar (Braziliya, Xorvatiya darvozasi ishg'ol etilishi).


JCH-2022