• 75 ta ko'rildi

Mbappe Messi va Ronaldu 5 ta Mundialda qayd etgan natijani atigi 2 ta Jahon chempionatida takrorlay oldi

Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan Polshaga qarshi bahsda (3:1) fransuzlar hujumchisi Kilian Mbappe o'z hisobiga 2 ta golni yozdirib qo'ydi.

Bu orqali, yosh hujumchi o'zining Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 9 taga yetkazib oldi. 2018-yili Rossiyada o'tkazilgan Jahon chempionatida Kilian 4 ta gol urgan bo'lsa, Qatardagi Mundialda u hozirgacha 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

E’tiborlisi, dunyoning eng mashhur futbol yulduzlaridan biri Krishtianu Ronalduning Jahon chempionatlarida urgan gollari soni ham shunchaga teng. Farqli jihati shundaki, Krish bu natijaga erishish uchun naq 5 ta Mundialda ishtirok etgan.

Shuningdek, xuddi shuncha Mundialda qatnashgan Messining hisobida Jahon chempionatlarida urilgan 8 ta gol bor va Mbappe bugun Messidan rasman o'zib ketdi. PSJ hujumchisi musobaqa yakuniga qadar maksimum 3 ta o'yin o'tkazishi mumkin. Rekordlar esa endi uning ortidan quvishni boshlamoqda.

U JCh’dagi gollari soni bo'yicha Messini ortda qoldirdi


messi ronaldo JCH-2022 Rekord