
Mbappe, Mbappe va yana Mbappe
Mundial finallarida gol urish bo‘yicha mutlaq rekord endi Mbappega tegishli — 4 ta gol.
◎Mundiallar tarixida faqat ikki futbolchiga finalda het-trik qilish nasib qilgan — Jeff Hyorst (1966) va Kilian Mbappe (2022)
◎Mundiallar tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanish uchun Mbappega 5 ta gol kerak. Ayni damda bu rekord Klozega tegishli — 16 ta gol.
◎Mbappening 2 ta mundialdagi statistikasi: 14 ta o‘yinda 12 ta gol va 2 ta assist. Sovrinlari: Mundial kubogi (2018), “Oltin butsa” (2022)
◎Mbappe braziliyalik Ronaldodan keyin (JCH—2002) bir mundial doirasida 8+ gol urgan ilk futbolchi.
◎Bir mundial doirasida 10+ golda ishtirok etgan eng so‘nggi 3 futbolchi: Maradona (1986), Messi (2022) va Mbappe (2022).
◎23 yosh 363 kunlik. Mbappe mundial tarixida 10+ gol urgan eng yosh futbolchi.
◎Faqatgina ikki futbolchi ketma-ket 2 ta mundial finalida gol urgan: Vava (1958, 1962) va Mbappe (2018, 2022)