• 50 ta ko'rildi

"Mateo stadionni yig‘lab tark etdi”, — Messi farzandlarining mag‘lubiyatdan keyingi holatini aytdi

Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi JCH-2022 1-turidan oʻrin olgan Saudiya Arabistoni (1:2) bilan oʻyindan keyin farzandlarining his-tuygʻulari qanday boʻlganini aytdi.

“Birinchi oʻyindan soʻng oʻgʻlim Mateo stadionni yigʻlab tark etdi, Tiago qolgan ikkita oʻyinda gʻalaba qozonsak, guruhdan chiqishimizni aytdi. Oilam barcha argentinaliklar kabi qaygʻuga tushdi.

Hozir xursandmiz, vaziyat joyiga qaytdi. Endi pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritish oʻzimizga bogʻliq”, — dedi Argentina milliy jamoasi sardori Meksika (2:0) ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin.

Guruh bosqichining soʻnggi turida Argentina Polsha bilan toʻqnash keladi. Bellashuv 30-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.