• 38 ta ko'rildi

Marokash safida JChda yorqin o'yin ko'rsatgan Amrabat “Barsa” va “Atletiko”ning qiziqishi haqida: “Menga Simeonening uslubi yoqadi”

Futbol boʻyicha Marokash terma jamoasi va “Fiorentina” yarim himoyachisi Sofyan Amrabat top klublarning qiziqishlariga munosabat bildirdi.

“Menga “Barselona” va “Atletiko”dan qiziqish boʻlayotgani? Bundan faxrlanaman. Hozir “Fiorentina”da oʻynayman. Oʻz klubimni juda hurmat qilaman, bu — ajoyib jamoa. Murabbiyim Vinchenso Italyano klubdagi boshqa insonlar bilan ajoyib munosabatdaman. Ularni va klubni juda hurmat qilaman.

Simeonega mendek oʻyinchilar yoqadi? U koʻp yillardan buyon “Atletiko”ga murabbiylik qiladi. Menga uning oʻyin uslubi yoqadi. U juda koʻp gʻalaba qozondi. Uning jamoasidagi futbolchilar jismonan kuchli va tajovuzkor. Menga bunday oʻyin yoqadi. Menimcha, ha, Marokashning oʻyini Simeone va Gattuzo jamoalarining uslubiga oʻxshaydi. Ammo har bir murabbiyning oʻziga xos uslubi bor”, — deydi Amrabat.


Marokash