
Maqolangizni o'qishga majbur qiladigan sarlavha yozish uchun 5 ta maslahat
Yaxshi tayyorlangan sarlavha - o'quvchilar sizning maqolangizni o'qish yoki o'qimasligining kalitidir. Kontentni rejalashtirish va yaratishga ko'p vaqt sarfladingiz, lekin o'quvchilar sizning ajoyib kontentingizni o'tkazib yuborishdi, chunki sarlavhangiz ularning e'tiborini torta olmadi.
Bu maqolada o'quvchilarni maqolangizni o'qishga majbur qiluvchi sarlavha yozish haqida gaplashamiz.
Uzunlik
Sakkizta soʻzdan iborat sarlavha eng yaxshi natija beradi (Bu telegram postlarning sarlavhasiga tegishli emas, telegram uchun eng ideal sarlavha 3-4 ta so'zdan iborat bo'lishi kerak). Bu sarlavhalar oʻrtachadan 21% yuqori o'qilish koʻrsatkichiga ega boʻldi.
Namuna:
Oldin: Ijtimoiy tarmoqlar faqat bolalar uchun deb o'ylaysizmi? Mana sizning noto'g'ri fikrlayotganingizni isbotlash uchun kafolatlangan 10 ta statistika.
Keyin: Ijtimoiy tarmoqlar faqat bolalar uchun emasligini isbotlovchi 10 ta statistika.
Rasmlar
"Outbrain"ning tahlil ma'lumotlariga ko'ra, tasvirlar mazmuni o'quvchilarni o'ziga jalb qiladi va o'qilish koeffitsiyentini 27% ga oshiradi.
Raqam va sonlar
Yozilgan raqamlar o'rniga raqamlardan foydalaning: "yetti" emas, 7. Toq raqamlardan iborat sarlavhalar, juft sonli sarlavhalarga qaraganda 20% yuqori o'qilish ko'rsatkichiga ega.
Namuna: Boy bo'lishning 98% odamlar bilmaydigan 3 ta siri.
Belgilar
Sarlavhadagi belgilar o'quvchini mavzuga chuqurroq kirishga undaydi. Ikki nuqta yoki tire'si bor sarlavhalar, bu belgilarsiz sarlavhalarga qaraganda 9% yaxshiroq ish beradi.
Ko'zlar birinchi navbatda eng oson tushuniladigan ma'lumotni qidiradi. Bu shuni anglatadiki, ko'zlar ko'pincha "va" emas, balki "&" yoki "+" ni ko'rishlari kerak. Shuningdek, "pul", "dollar" yoki "jamg'arma"ning o'rniga "$" yoki "$$$" ishlatsangiz o'quvchini ko'proq diqqatini tortadi.
Savollar
Savol belgisi bilan tugagan sarlavhalar, undov belgisi yoki nuqta bilan tugagan sarlavhalarga qaraganda ko'proq o'qilishni hosil qiladi. Agar sizda undov belgisini ishlatish istagi paydo bo'lsa, tadqiqotlarga ko'ra, uchta undov(!!!) boshqa barcha tinish belgilaridan deyarli ikki barobar ko'p samara beradi.
Umid qilamanki, bu oddiy maslahatlar sarlavhalaringizni qiziqroq qilishga yordam beradi.
To'liq qo'llanma - > Kopiraytchi
copywriter copywriting kopirayter kim sarlavha